Yoshlar Ventures kanalidan.
Jahonga mashhur Y-Combinator va a16z Speedrun akseleratorlari bitiruvchilari hamda Silikon vodiysining muvaffaqiyatli startap asoschilari O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda!
17-22-avgust kunlari ular yurtimizdagi iqtidorli yoshlar bilan uchrashadi. Xalqaro investorlar va ekspertlar bilan yuzma-yuz ko'rishish, ularning tajribasini o'rganish va loyihangizni global darajaga olib chiqish vaqti keldi.
O'zbekistonga kimlar kelmoqda?
Mo Nasir - Altrina (YC W25) asoschisi bo'lib, uning loyihasi Abridge tomonidan sotib olingan. U NVIDIA kompaniyasida 4 yil ishlagan va sun'iy intellekt (ML) bo'yicha kuchli mutaxassis hisoblanadi.
Kyle Wallgren - EdSoma asoschisi va uning loyihasiga Shaquille O'Neal tomonidan sarmoya kiritilgan. U bitta loyihasini qisqa vaqt ichida 18 million dollar yillik daromadga (ARR) olib chiqqan tadbirkor.
Zuhair Lakhani - Doublespeed (a16z Speedrun) hammuassisi va bosh direktori. U 16 yoshga to'lmasidanoq oyiga 30 ming dollar daromad qilgan marketing va o'sish (growth) bo'yicha mutaxassisdir.
Hassan Syed - Doublespeed (a16z Speedrun) hammuassisi va loyihaning texnik qismi rahbari. U Google, Microsoft va Amazon kabi kompaniyalarning sobiq katta muhandisi hisoblanadi.
Bilal Asmatullah - Sciloop (YC F25) hammuassisi bo'lib, loyihasi ilmiy tadqiqotlarni AI yordamida amalga oshiradi. U Xalqaro fizika olimpiadasi medali sovrindori va MIT tadqiqotchisi.
Mostafa Afr - Doomersion (YC W26) asoschisi bo'lib, loyihasi til o'rgatuvchi TikTok formatidagi ilovadir. U qisqa videolar, sotuvlar va muzokaralar bo'yicha noodatiy fikrlaydigan mutaxassis.
Yirik tajribaga ega bu insonlar bilan uchrashuvga qo'shilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Hududlardagi uchrashuvlar manzillari va vaqtlari haqida tez orada batafsil e'lon qilamiz!

