Bugungi kunda o'rtacha inson kuniga 6 soatdan ortiq vaqtini ekran oldida o'tkazadi. Har 20 soniyada diqqat chalg'iydi - bildirishnomalar, tablar, cheksiz feed'lar.
Tadqiqotlarga ko'ra, bir marta chalg'igan diqqatni qayta jamlash uchun o'rtacha 40 daqiqa kerak bo'ladi. Bu esa unumdorlikni pasaytiribgina qolmay, insonning ijodiy va intellektual salohiyatini ham susaytiradi.
Tasavvur qiling: brauzeringiz o'zi sizni chalg'ituvchi saytlardan himoya qilsa, diqqatingizni kerakli ishga yo'naltirsa va kun oxirida sizga qancha vaqtni samarali o'tkazganingizni ko'rsatsa - hayotingiz qanday o'zgarardi?
Aynan shu muammoni hal qilish uchun Flow yaratilgan.
Flow - bu Chrome extension bo'lib, foydalanuvchiga diqqatini bir joyga jamlashga yordam beradi. Oddiy, ammo kuchli vosita: chalg'ituvchilarni bloklaydi, diqqatingizni boshqarishingizda yordam qiladi va sizni haqiqatan muhim ishlarga qaytaradi.
Loyiha Yoshlar Ventures tomonidan $80,000 investitsiya taklifini oldi. Va tez kunda Mobil uchun ham ilova ishlab chiqilib test qilinayotgani aytilmoqda




