UzCombinator
Blog

September 7, 20261 min read

AQSh bozoriga qanday qilib to'g'ri va samarali chiqish mumkin?

Bugungi 1-sessiyamizda asoschilarimiz uchun Silkroad Innovation Hub'ning O'zbekistondagi Dastur menejeri - Shohrux Ibragimov bilan navbatdagi "US Market…

by UzCombinator

AQSh bozoriga qanday qilib to'g'ri va samarali chiqish mumkin?

Bugungi 1-sessiyamizda asoschilarimiz uchun Silkroad Innovation Hub'ning O'zbekistondagi Dastur menejeri - Shohrux Ibragimov bilan navbatdagi "US Market Entry Programs” sessiyasi bo'lib o'tdi!

Muloqot davomida startaplarni AQSh va xalqaro bozorlarga olib chiqish borasidagi eng muhim amaliy maslahatlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari sessiya davomida quyidagi mavzularga e'tibor qaratildi:

Silkroad Innovation Hub imkoniyatlari: Markaziy Yevroosiyo startaplarini Silikon vodiysi ekotizimi hamda AQSh investorlari bilan bog'lash tajribasi.

Akseleratsiya va rezidentlik dasturlari: Alchemist Accelerator, Draper University kabi dunyoning top akseleratorlariga va Silikon vodiysidagi akseleratsion dasturlarga saralanish bosqichlari.

AQSh bozoriga moslashish (Go-to-Market): Mahalliy B2B va B2C mijozlarni jalb qilish, to'g'ri positioning hamda xalqaro investorlar oldida samarali pitch qilish sirlari.

Startaplarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'g'ridan to'gri mehmondan javob olib, navbatdagi global qadamlarini rejalashtirib olishdi!

Ajoyib va foydali insaytlar uchun Shohrux Ibragimovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Telegramda ko‘rish →