Vakansiya haqida
UzCombinator - O‘zbekistondagi startap akseleratori. Har mavsumda minglab arizalarni ko‘rib chiqamiz, eng kuchli startaplarni tanlaymiz va ularni mentorlar, ekspertlar va investorlar bilan bog‘laymiz. Jamoamizga intern qidiryapmiz: startaplar dunyosini ichidan ko‘rmoqchi bo‘lgan, tez o‘rganadigan va ishni oxiriga yetkazadigan odamni.
Vazifalar
- Jamoaning turli yo‘nalishlaridagi real ishlarda qatnashasiz: arizalar va startaplar, tadbirlar, kontent, kundalik operatsion ishlar
- Jamoa a’zolari bilan yonma-yon ishlab, akselerator qanday ishlashini ichidan ko‘rasiz
- Sizga berilgan vazifaga to‘liq javob berasiz
- Startap asoschilari, mentorlar va ekspertlar bilan muloqot qilasiz
Talablar
- Talaba yoki yaqinda o‘qishni tamomlagan
- Startaplarga chin dildan qiziqadi. Tajriba shart emas, qiziqish va o‘rganishga tayyorlik muhimroq
- Tez o‘rganadi, savol berishdan tortinmaydi, ishni oxiriga yetkazadi
- Fikrini og‘zaki ham, yozma ham aniq yetkaza oladi
Afzallik beriladi
- O‘z startapini qurgan yoki qurishga harakat qilgan
- Hackathon, tanlov yoki musobaqalarda qatnashgan
- Ingliz tilini biladi
Biz taklif qilamiz
- Akseleratorni ichidan ko‘rasiz: startaplar qanday tanlanadi, o‘sadi va investorlar oldiga chiqadi
- Jamoa, startap asoschilari, mentorlar va ekspertlar bilan tanishasiz
- Rezyumega yozsa bo‘ladigan real ish tajribasi

