Yoshlar ishlari agentligining “Tashabbuslar Marafoni” doirasida “UzCombinator” asoschilaridan takliflar:
“UzCombinator” loyihasi asoschisi Ulug’bek Ismatov yoshlar.gov.uz portal orqali startap asoschilariga yanada yaxshi sharoitlar yaratish bo’yicha quyidagi takliflarni kiritdi:
Biz UzCombinator Startup akseleratori asoschilari sifatida Tashabbuslar marafoni doirasida barcha hududlardagi yoshlarning o‘z startaplarini boshlashga, mahsulotlarini yaratishga, bozorga o‘z yechimlarini taklif qilishga bo‘lgan katta qiziqishlariga guvoh bo‘lgan holda, bugungi davrda yoshlar uchun intensiv, eng zamonaviy uslubda o‘rgatadigan, startaplarni tezda yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan, bozorga kirish, yechimlarini monetizatsiya qilish jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan, startap asoschilari uchun mo‘ljallangan Startup maktabini yo‘lga qo‘yishni va u orqali 10000 dan ortiq yoshlarni o‘qitish orqali nafaqat mahalliy, balki xorijiy bozorlarga ham chiqa oladigan startaplar ishga tushishini ta’minlash maqsad qilingan.
Ushbu tashabbusimiz amalga oshsa, yurtimizning intellektual yoshlarini kashf etishga katta turtki bo‘lishiga ishonamiz.
Ulug‘bek Ismatov
Laylo Ismoilova
Murodillo Ismoilov
Siz ham hoziroq o'z tashabbuslaringizni bildiring: https://yoshlar.gov.uz

