Kecha UzCombinator ofisiga Adliya vazirligining Raqamlashtirish bo'yicha mas'ul rahbar xodimi - Anvar Abduvoxidovich Karimov tashrif buyurdilar.
Yangilik shundaki, endi UzCombinator va Adliya vazirligi o'rtasida hamkorlik o'rnatildi!
Bu hamkorlik doirasida yosh startaperlar uchun huquqiy qo'llab-quvvatlash va davlat organlari bilan tezkor muloqot imkoniyatlari yaratiladi.
Bu O'zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish yo'lidagi yana bir muhim qadam.
UzCombinator o'z founderlariga nafaqat moliyaviy va mentorlik qo'llab-quvvatlashini, balki davlat darajasidagi hamkorlikni ham ta'minlab bormoqda.

