UzCombinator
Blog

August 4, 20261 min read

UzCombinator tarixidagi eng katta hamkorlik!

Lyft, Wayfair kabi milliard dollarlik startaplarni dunyoga keltirgan universitet endi UzCombinatorda! AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri…

by UzCombinator

UzCombinator tarixidagi eng katta hamkorlik!

Lyft, Wayfair kabi milliard dollarlik startaplarni dunyoga keltirgan universitet endi UzCombinatorda!

AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri **Cornell SC Johnson College of Business’**dan 3 nafar professorlar aynan UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilariga dars berish uchun Amerikadan kelmoqda!

Tasavvur qilyapsizmi? Endi siz Cornell Universitetida o'qish uchun yiliga $100,000 sarflashingiz kerak emas. Endi ushbu bilimlarni UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari bepulga o'rganishadi

** Dastur davomida asoschilarimiz quyidagilarga ega bo'lishadi:**

• Xalqaro professorlar bilan yuzma-yuz uchrashuv
• Startapingiz uchun 1 ga 1 shaxsiy feedback
• Startapni global standartlarda qurish bilimlari
• Global fikrlash va bozorni kengaytirish strategiyalari
• Asoschi sifatida strategik qarorlar qabul qilish ko'nikmalari

**** **Bu O'zbekiston startap ekotizimi uchun kamdan-kam uchraydigan imkoniyat! UzCombinator esa aynan shunday global darajadagi imkoniyatlarni yaratishda davom etadi **

Professorlarimiz bilan esa tez orada yaqindan tanishamiz, shuning uchun kanalni doimiy kuzatib boring!

Telegramda ko‘rish →