UzCombinator
Blog

3-sentabr, 20261 daqiqa

UzCombinator’da navbatdagi eksklyuziv uchrashuv!

Bu safar asoschilarimiz uchun tashkilotdagi insonlar bilan ishlash, muzokaralar olib borish va mahsulotni bozorga olib chiqish kabi muhim mavzularni qamrab…

UzCombinator

UzCombinator’da navbatdagi eksklyuziv uchrashuv!

Bu safar asoschilarimiz uchun tashkilotdagi insonlar bilan ishlash, muzokaralar olib borish va mahsulotni bozorga olib chiqish kabi muhim mavzularni qamrab oluvchi maxsus sessiya tashkil etiladi.

Spikerlarimiz bilan tanishing:

Gabil Kasimov - Ozarbayjoning yetakchi MegaSec kompaniyasi CEO’si. U kiberxavfsizlik, AI (sun’iy intellekt) innovatsiyalari va raqamli barqarorlikni rivojlantirish bo‘yicha soha mutaxassisi. Uchrashuvda startaplarni kiberxavfsizlik va AI imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Dilara Rustam - Palo-Alto (Kaliyforniya, AQSH)da joylashgan Junior Entrepreneurs Hub hammuassisi hamda mashhur Northwestern University - Kellogg School of Management bitiruvchisi. Dilara yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va global ekotizimga kirib borish bo‘yicha qimmatli maslahatlar beradi.

Ikki xil mavzu, ikki nafar xalqaro tajribaga ega ekspert va eng muhimi asoschilarimiz uchun amaliy bilim va tajriba almashish imkoniyati

Telegramda ko‘rish →