UzCombinator
Blog

5-sentabr, 20261 daqiqa

UzCombinator 2-mavsumiga qabul qilingan 17 yoshli startaper Mehriniso bilan tanishing!

Xorazmda tug‘ilgan Mehriniso atigi 15 yoshida bobosining o‘quv markazini boshqarishni boshlagan. 2 yillik amaliy tajriba davomida u ta'lim tizimidagi…

UzCombinator

UzCombinator 2-mavsumiga qabul qilingan 17 yoshli startaper Mehriniso bilan tanishing!

Xorazmda tug‘ilgan Mehriniso atigi 15 yoshida bobosining o‘quv markazini boshqarishni boshlagan. 2 yillik amaliy tajriba davomida u ta'lim tizimidagi katta muammoni payqadi: o‘quvchilar puxta tayyorlanishsa-da, real imtihon muhitini his qilmaslik va mock testlarning kamligi sababli yuqori sertifikatlarni qo‘lga kiritishda qiynalishardi.

Ushbu muammoga chek qo‘yish uchun Mehriniso GrowMock.uz startapiga asos soldi!

GrowMock - xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlanish uchun onlayn platforma!

Simulyator tizim: Haqiqiy imtihon formati va muhitini his qilish
Xalqaro mocklar: Dolzarb va namunaviy testlar to‘plami
AI-Ustoz: Sun'iy intellekt yordamida xatolarni darhol tahlil qilish

Atigi 2 oy ichida erishilgan natijalar:
100,000+ foydalanuvchilar
10,000+ kunlik aktiv foydalanuvchilar
$8,000+ daromad (MRR)

Siz ham milliy yoki xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik ko‘ryapsizmi?

Izohlarda "growmock.uz" deb yozib qoldiring, biz sizga platformaga kirish havolasini yuboramiz!

Telegramda ko‘rish →