Har bir muvaffaqiyatli kompaniya ortida to'g'ri asoschi turadi.
Biz ham shu tamoyillarga asosan 3 xil turdagi founderlarni qidiryapmiz
1 Mahsulot quruvchi (Builder)
Yoshligidan dasturlash bilan shug'ullangan, haqiqiy mahsulot yaratgan, sun'iy intellekt vositalari bilan ishlay oladigan, foydalanuvchini yaxshi tushunadigan va boshlagan ishini oxirigacha yetkazadigan inson.
2 Biznes boshqaruvchisi (Operator)
Oldin biznes yuritgan, daromad va foyda qilish tajribasiga ega, jamoa va jarayonlarni boshqara oladigan va endi o'z tajribasini texnologik startap qurishda qo'llamoqchi bo'lgan inson.
3 Raqobatbardosh (Competitor)
Fan olimpiadalari, xalqaro musobaqalar yoki sportda yuqori natijalarga erishgan, kuchli raqobatda chiniqqan, intizomli va bosim ostida ham natija ko'rsata oladigan inson.
Agar siz ham shu turdagi founderlardan biri bo'lsangiz hoziroq 2-mavsumga ariza topshiring: https://uzcombinator.uz/apply





