UzCombinator
Blog

24-iyul, 20261 daqiqa

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Siz bilan bo‘lgan har bir uchrashuv va muloqotda startaplar, innovatsiyalar va yosh asoschilarga bo‘lgan yuksak ishonch hamda alohida e’tiboringizni his…

UzCombinator

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Siz bilan bo‘lgan har bir uchrashuv va muloqotda startaplar, innovatsiyalar va yosh asoschilarga bo‘lgan yuksak ishonch hamda alohida e’tiboringizni his qilamiz. Aynan mana shu ishonch minglab asoschilarga katta maqsadlar sari intilish, innovatsion mahsulotlar yaratish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish va Yangi O‘zbekistonni global startup xaritasida munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shish uchun ilhom bag‘ishlamoqda.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz, bedor tunlaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.

Siz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlash, Vatanimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida biz - yoshlar hamisha Siz bilan birgamiz!

Telegramda ko‘rish →