Yoshlar Ventures kanalidan.
O'zbekiston tarixida ilk bor venchur jamg'arma universitet bilan birga hardware startaplarga investitsiya qilishni boshladi. Bunday narsa mamlakatimizda hech qachon bo'lmagan edi.
Yoshlar ishlari agentligi, Turin politexnika universiteti, Yoshlar Ventures va UzCombinator hamkorligida "TechCombinator" akselerator dasturini ishga tushirdik. Bu O'zbekistondagi hardware startaplarga mo'ljallangan birinchi akselerator dastur.
Yillar davomida "startup" so'zini eshitganda ko'pchilikning xayoliga ilovalar, saytlar yoki onlayn platformalar kelardi. Endi esa biz boshqacha yo'lni tanladik. Bu safar gap mikrochiplar, dronlar, robototexnika va real texnik jihozlar yaratayotgan yoshlar haqida bormoqda. Ya'ni qo'lga oladigan, ko'rsa bo'ladigan, dunyoni o'zgartira oladigan mahsulotlar haqida.
40 kun davomida startap asoschilari bilan yonma yon ishladik. Mahsulotni bozor talabiga qanday moslashtirishni, mijozlar bilan to'g'ri muloqot qilishni, oddiy g'oyani jiddiy biznesga aylantirishni birgalikda o'rgandik.
Va bu jarayonda Turin politexnika universiteti bilan birgalikda 160 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya qilishga kelishdik.
Nega bularning hammasi muhim?
Chunki bizning maqsadimiz oddiy emas. Biz deep-tech va defense-tech yo'nalishlarida unicorn'lar yaratmoqchimiz. Mamlakatimizdan dunyo tan oladigan texnologiya brendlari chiqishini xohlaymiz. Va bugun aynan o'sha katta yo'lning birinchi qadamini qo'ydik.
Bu hali boshlanishi xolos.
Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!










