Founders Camp davomida sizlardan Camp haqidagi yuzlab postlarni ko‘rdik.
Bu shunchaki sizdagi kechinmalar emas, balki boshqa asoschilar uchun ham Founders Camp’da qatnashishga kuchli turtki bo‘ldi.
Biz, UzCombinator jamoasi, sizlardan kelgan maqtovlarni ham, taklif va tanqidlarni ham yanada yaxshilanish uchun muhim fikr sifatida qabul qildik.
Shunday ochiq fikr bildirish madaniyatini yaratganingiz uchun barcha asoschilarga minnatdorchilik bildiramiz.






