** Bugun UzCombinator tomonidan Venture fond va Investetiya menejerlari uchun birinchi yopiq "Invest Menejerlar Uchrashuvi" tashkil etildi!**
Tadbir davomida investor menejerlar UzCombinatordagi startaplar bilan yaqindan tanishib, ularning mahsulotlari, traction ko‘rsatkichlari va rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot oldilar
Shuningdek, investorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan "UzCombinator Investor Platform" taqdim etildi.
**** Ushbu platforma orqali investorlar:
• UzCombinatordagi 5000+ startaplar bilan tanishish;
• Startaplarning rivojlanish jarayonini muntazam kuzatib borish;
• Istiqbolli loyihalarga erta bosqichda kirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
****Ushbu yopiq uchrashuv O‘zbekistonning yetakchi venture kompaniyalari va investitsiya tashkilotlari vakillarini bir maydonda birlashtirdi
Tadbir so‘ngida qatnashchilar uchun erkin muloqot va tajriba almashish maqsadida Networking hamda Coffee-break tashkil etildi










