UzCombinator
Blog

6-iyul, 20261 daqiqa

1 oylik sayohatdan so’ng Founders Camp yakunlandi!

14 ta hudud bo'ylab o'tkazilgan bu dastur yangi g'oyalar tug'iladigan, founderlar birlashadigan va startaplar rivojlanadigan makon bo'ldi. Quyida…

UzCombinator

1 oylik sayohatdan so’ng Founders Camp yakunlandi!

14 ta hudud bo'ylab o'tkazilgan bu dastur yangi g'oyalar tug'iladigan, founderlar birlashadigan va startaplar rivojlanadigan makon bo'ldi.

** Quyida Founders Campni raqamlarda ko’rishingiz mumkin:**
• Jami 2,195 ta ariza topshirildi
• Ular orasidan 1,145 nafar founderlar tanlab olindi
• 1,600+ unikal startap g'oyasi o’rganildi

Bundan tashqari camp davomida Space Agro, Xalfauz, DSATuz kabi o'nlab kuchli startaplar shakllandi va qiziqarlisi ularning ayrimlari allaqachon real mijoz va investitsiyaga ega.

Ishtirokchilardan biri camp haqida quyidagicha fikr bildirdi:
"Startaplarni bir-birimizga 40 soniyada tushuntirish eng yoqqan mashg'ulot bo'ldi. Undan tashqari ushbu camp Co-Founder topish uchun eng qulay joy”

Bu esa faqat boshlanish edi. Tez orada UzCombinatorning 2-mavsumi haqida haqida xabar beramiz

Telegramda ko‘rish →