Open Talk · Ochiqchasiga gaplashamiz
Asoschilar g‘oyasi yoki MVPsini UzCombinator jamoasi, mentorlar va boshqa asoschilar oldida taqdim etadi — keyin savol-javob. Tinglovchi bo‘lib kelsangiz ham bo‘ladi.
Bepul · UzCombinator ofisida, Toshkent
Ikki ochiq format: g‘oyangizni ochiqchasiga muhokama qilish va qisqa muddatda MVP qurish. Ro‘yxatdan o‘ting — jamoa har bir arizani o‘qib, ishtirokchilarni tanlaydi.
Open Talk · Ochiqchasiga gaplashamiz
Asoschilar g‘oyasi yoki MVPsini UzCombinator jamoasi, mentorlar va boshqa asoschilar oldida taqdim etadi — keyin savol-javob. Tinglovchi bo‘lib kelsangiz ham bo‘ladi.
Buildathon · Hakaton
Qisqa muddatda MVP yaratib, uni ekspertlarga taqdim etishga qaratilgan amaliy startap marafoni. Yakka yoki jamoa bilan.
Ro‘yxatdan tadbir kunigacha — besh qadam.
2 daqiqa
Sessiyani tanlang va uch qadamli formani to‘ldiring: o‘zingiz haqingizda va bir necha savol.
Ro‘yxat yopilgach
UzCombinator jamoasi har bir arizani o‘qib, ishtirokchilarni tanlaydi.
Emailingizga
Tanlandingiz, zaxira yoki bu safar emas — har biriga xat keladi; holatni shaxsiy sahifangizda ham ko‘rasiz.
Bir bosish
Tanlansangiz, chipta sahifangizda «Kelaman» deb tasdiqlang: kirish kodi, manzil va ishtirokchilar uchun ma’lumot o‘sha yerda.
Bir kun oldin eslatma
Kirishda kodingizni ayting. Kela olmasangiz — o‘rningizni zaxiradagilarga bo‘shating.
Startap qurayotgan yoki qurmoqchi bo‘lgan har kim — talaba, dasturchi, dizayner, asoschi. Open Talk’ga g‘oyangizni taqdim etish yoki tinglash uchun, Buildathon’ga mahsulot qurish uchun kelasiz.
O‘rinlar cheklangan, shuning uchun jamoa har bir arizani o‘qib tanlaydi. Natija emailingizga keladi va shaxsiy sahifangizda ham ko‘rinadi.
Xatdagi tugma chipta sahifangizni ochadi — u yerda «Kelaman» deb tasdiqlaysiz. Kirish kodi, manzil va ishtirokchilar uchun ma’lumot ham o‘sha yerda. Tasdiqlanmagan o‘rinlar zaxiradagilarga berilishi mumkin.
Ha, yakka ham, jamoa bilan ham kelish mumkin. Jamoaning har bir a’zosi o‘zi alohida ro‘yxatdan o‘tadi va formada jamoa nomini yozadi.
Buildathon’ga — noutbuk va quvvatlagich. Open Talk’da taqdimot qilsangiz, pitchingiz telefon yoki noutbukda tayyor bo‘lsin.
Chipta sahifangizdagi «Kela olmayman» tugmasini bosing — o‘rningiz zaxiradagi kishiga o‘tadi.