UzCombinator
UZ
EN

Bepul · UzCombinator ofisida, Toshkent

Tadbirlar

Ikki ochiq format: g‘oyangizni ochiqchasiga muhokama qilish va qisqa muddatda MVP qurish. Ro‘yxatdan o‘ting — jamoa har bir arizani o‘qib, ishtirokchilarni tanlaydi.

Open Talk · Ochiqchasiga gaplashamiz

Asoschilar g‘oyasi yoki MVPsini UzCombinator jamoasi, mentorlar va boshqa asoschilar oldida taqdim etadi — keyin savol-javob. Tinglovchi bo‘lib kelsangiz ham bo‘ladi.

17okt

Ochiqchasiga gaplashamiz

17-oktabr, shanba · 14:00–16:00

UzCombinator ofisi, Toshkent · Xarita

Ro‘yxat 16-oktabr, 20:00 gacha (Toshkent vaqti)

Buildathon · Hakaton

Qisqa muddatda MVP yaratib, uni ekspertlarga taqdim etishga qaratilgan amaliy startap marafoni. Yakka yoki jamoa bilan.

23okt

Buildathon

23-oktabr, juma · 14:00 – 24-oktabr, 14:00

UzCombinator ofisi, Toshkent · Xarita

Ro‘yxat 22-oktabr, 20:00 gacha (Toshkent vaqti)
01Jarayon

Qanday o‘tadi

Ro‘yxatdan tadbir kunigacha — besh qadam.

  1. 01

    Ro‘yxatdan o‘ting

    2 daqiqa

    Sessiyani tanlang va uch qadamli formani to‘ldiring: o‘zingiz haqingizda va bir necha savol.

  2. 02

    Saralash

    Ro‘yxat yopilgach

    UzCombinator jamoasi har bir arizani o‘qib, ishtirokchilarni tanlaydi.

  3. 03

    Natija

    Emailingizga

    Tanlandingiz, zaxira yoki bu safar emas — har biriga xat keladi; holatni shaxsiy sahifangizda ham ko‘rasiz.

  4. 04

    Tasdiqlash

    Bir bosish

    Tanlansangiz, chipta sahifangizda «Kelaman» deb tasdiqlang: kirish kodi, manzil va ishtirokchilar uchun ma’lumot o‘sha yerda.

  5. 05

    Tadbir kuni

    Bir kun oldin eslatma

    Kirishda kodingizni ayting. Kela olmasangiz — o‘rningizni zaxiradagilarga bo‘shating.

02Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Javob topilmasa — Telegramda yozing →

Yo‘q. Open Talk ham, Buildathon ham bepul.

Startap qurayotgan yoki qurmoqchi bo‘lgan har kim — talaba, dasturchi, dizayner, asoschi. Open Talk’ga g‘oyangizni taqdim etish yoki tinglash uchun, Buildathon’ga mahsulot qurish uchun kelasiz.

O‘rinlar cheklangan, shuning uchun jamoa har bir arizani o‘qib tanlaydi. Natija emailingizga keladi va shaxsiy sahifangizda ham ko‘rinadi.

Xatdagi tugma chipta sahifangizni ochadi — u yerda «Kelaman» deb tasdiqlaysiz. Kirish kodi, manzil va ishtirokchilar uchun ma’lumot ham o‘sha yerda. Tasdiqlanmagan o‘rinlar zaxiradagilarga berilishi mumkin.

Ha, yakka ham, jamoa bilan ham kelish mumkin. Jamoaning har bir a’zosi o‘zi alohida ro‘yxatdan o‘tadi va formada jamoa nomini yozadi.

Buildathon’ga — noutbuk va quvvatlagich. Open Talk’da taqdimot qilsangiz, pitchingiz telefon yoki noutbukda tayyor bo‘lsin.

Chipta sahifangizdagi «Kela olmayman» tugmasini bosing — o‘rningiz zaxiradagi kishiga o‘tadi.