Ekspert bilan uchrashuv
Kompaniya qurgan va investitsiya jalb qilgan odamlar bilan 15-60 daqiqalik uchrashuv.
28 ta ekspert
Qanday ishlaydi
- 01
Kerakli odamni tanlang
Yo‘nalish bo‘yicha saralang: investitsiya, mijozlar, mahsulot, marketing.
- 02
Kun va vaqtni tanlang
Ekspert bergan soatlardan 30 yoki 60 daqiqa - Toshkent vaqtida.
- 03
Savolingizni yozing
Akkauntingiz bilan kiring va bir-ikki gapda nimada yordam kerakligini yozing.
- 04
Uchrashing
Onlayn yoki ofisda. Tasdiq emailga keladi, bir kun oldin eslatamiz.
Band qilishdan oldin
- Hozircha jamoa va mentorlar bilan uchrashuvlar bepul. Pullik ekspertlarning narxi profilida va vaqt tanlashda ko‘rsatiladi; to‘lov Payme yoki Click orqali.
- Har qanday asoschi - UzCombinator dasturida bo‘lishingiz shart emas. Google yoki emailingizga keladigan kod bilan kirasiz; uchrashuvlaringiz kabinetingizda turadi.
- Ekspert belgilaganidek: onlayn (havola emailingizga keladi) yoki Toshkentdagi UzCombinator ofisida. Ikkalasi bo‘lsa, band qilishda o‘zingiz tanlaysiz.
- Biznesingizga oid har qanday savol: investitsiya, mijozlar, mahsulot, jamoa, huquq. Savolni oldindan yozsangiz, ekspert tayyorlanib keladi.
- Tasdiq xatidagi havola yoki kabinetingiz orqali istalgan payt bekor qilasiz - vaqt boshqa asoschilarga qaytadi. Keyin yangisini tanlaysiz.
- Bitta ekspert bilan oldinda bitta, jami esa uchtagacha. Shu bilan vaqt hamma asoschilarga yetadi.




























