UzCombinator
UZ
EN

Ekspert bilan uchrashuv

Kompaniya qurgan va investitsiya jalb qilgan odamlar bilan 15-60 daqiqalik uchrashuv.
28 ta ekspert

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Kerakli odamni tanlang

    Yo‘nalish bo‘yicha saralang: investitsiya, mijozlar, mahsulot, marketing.

  2. 02

    Kun va vaqtni tanlang

    Ekspert bergan soatlardan 30 yoki 60 daqiqa - Toshkent vaqtida.

  3. 03

    Savolingizni yozing

    Akkauntingiz bilan kiring va bir-ikki gapda nimada yordam kerakligini yozing.

  4. 04

    Uchrashing

    Onlayn yoki ofisda. Tasdiq emailga keladi, bir kun oldin eslatamiz.

Band qilishdan oldin
  • Hozircha jamoa va mentorlar bilan uchrashuvlar bepul. Pullik ekspertlarning narxi profilida va vaqt tanlashda ko‘rsatiladi; to‘lov Payme yoki Click orqali.
  • Har qanday asoschi - UzCombinator dasturida bo‘lishingiz shart emas. Google yoki emailingizga keladigan kod bilan kirasiz; uchrashuvlaringiz kabinetingizda turadi.
  • Ekspert belgilaganidek: onlayn (havola emailingizga keladi) yoki Toshkentdagi UzCombinator ofisida. Ikkalasi bo‘lsa, band qilishda o‘zingiz tanlaysiz.
  • Biznesingizga oid har qanday savol: investitsiya, mijozlar, mahsulot, jamoa, huquq. Savolni oldindan yozsangiz, ekspert tayyorlanib keladi.
  • Tasdiq xatidagi havola yoki kabinetingiz orqali istalgan payt bekor qilasiz - vaqt boshqa asoschilarga qaytadi. Keyin yangisini tanlaysiz.
  • Bitta ekspert bilan oldinda bitta, jami esa uchtagacha. Shu bilan vaqt hamma asoschilarga yetadi.