VideoUzCombinator 2-mavsumiga qabul qilinish uchun aynan nima kerak?a16z scout'i Yasin Ehsan yangi videoda UzCombinator 2-mavsumi uchun qanday asoschilarni qidirayotganimizni aniq aytib berdi.
Ikki mavsum
har bir nuqta — bitta ariza
Bizning hamkorlar





















O‘zbekistondagi yetakchi startap akseleratori.
UzCombinator — g‘oyani 45 kunda ishlaydigan biznesga aylantirish uchun tuzilgan dastur. Har hafta bitta aniq maqsad qo‘yasiz, bitta mentor bilan yakkama-yakka ishlaysiz va hafta oxirida albatta nimadir ishga tushadi. Sizga dars bermaymiz — yoningizda o‘tiramiz va yo‘lda uchragan har bir tugunni birga yechamiz.
Dastur Demo Day bilan tugaydi: zalda investorlar, hamkorlar va shu yo‘ldan sizdan oldin o‘tgan founderlar o‘tiradi. Unga tayyorgarlikni ham birga ko‘ramiz — uch daqiqalik hikoyangizni shuncha marta aytasizki, sahnaga chiqqanda hayajon halaqit bermay qo‘yadi.
Har bir jamoaga $1000 stipendiya beramiz, toki bu 45 kun boshqa ishga emas, faqat mahsulotingizga tegishli bo‘lsin. Ariza dunyoning istalgan burchagidan kelishi mumkin; dasturning o‘zi esa Toshkentda, bir xonada, yuzma-yuz o‘tadi.
ariza topshirildi
startap qabul qilindi
Demo Day’da jalb qilindi
ariza topshirildi
startap qabul qilindi
tez orada
keyingi mavsum
Ikki mavsumda jami
Quyida — qanday qo‘shilasiz va ichkarida nima bo‘ladi.
Arizadan Demo Day’gacha besh qadam. Dasturning o‘zi — 45 kun.
Bir necha savol, o‘n daqiqa. Prezentatsiya kerak emas — nima qurayotganingizni o‘z so‘zingiz bilan yozing.
Qisqa suhbatga chaqiramiz. Slaydlarni emas, sizni tinglaymiz: nimani qurayapsiz va nega aynan siz.
Haftada bir mentor, aniq maqsad va ishlaydigan mahsulot. Har hafta nimadir ishga tushadi.
Zaldagi investorlar oldida uch daqiqa. Bu safar tayyorgarlikni biz bilan birga qilasiz.
Dastur tugaydi, hamjamiyat qoladi. Sarmoya, mijoz va keyingi mavsum founderlari — hammasi shu yerda.
Har bir haftaning aniq maqsadi bor. Demo Day’gacha bosqichma-bosqich yo‘l.
Qurayotganingizni bitta jumlaga siqamiz. Haftaning oxirida kimga, nimani va nega qilayotganingizni tanish odamga 30 soniyada tushuntira olasiz.
Chizmalar tugaydi, qurish boshlanadi. Oxirida odamlar qo‘lida ochib ko‘radigan ishlaydigan narsa bo‘ladi — chala bo‘lsa ham, haqiqiy.
Kamida o‘nta suhbat. Ba’zilari og‘riqli bo‘ladi, va aynan o‘shalar mahsulotni o‘zgartiradi.
Birinchi haqiqiy foydalanuvchilar. Qaysi kanal ishlayotganini taxmin qilmay, o‘lchab bilasiz.
Ulush, hujjat, hisob-kitob. Investor so‘raganda javob tayyor turadigan qilib joyiga qo‘yamiz.
Uch daqiqalik hikoya. Demo Day’gacha uni shuncha marta aytasizki, zalga chiqqanda hayajon halaqit bermaydi.
Mentor bilan uchrashuvlar, ish kunlari va Demo Day kuni.
1-mavsum startaplarining yarmidan ortig‘i shu kuni sarmoya oldi.
Demo Day’da jami jalb qilindi
Eng katta yakka investitsiya





















VideoUzCombinator 2-mavsumiga qabul qilinish uchun aynan nima kerak?a16z scout'i Yasin Ehsan yangi videoda UzCombinator 2-mavsumi uchun qanday asoschilarni qidirayotganimizni aniq aytib berdi.