24-may, 2026
Traction bo‘lmasa ham investitsiya olish mumkinmi? Techstars vakili Audun Abelsnes bilan suhbat
Founders Cafe’ning yangi sonida Techstars vakili Audun Abelsnes bilan startaplar, investorlar va founderlar haqida ochiq suhbat bo‘ldi.
Suhbatda eng muhim savollardan biri ko‘tarildi: agar startapda hali traction bo‘lmasa, lekin founder kuchli bo‘lsa, investor baribir qiziqadimi?
Audunning javobi qisqa va aniq bo‘ldi: kuchli founder investor uchun juda katta signal. Lekin bu faqat ishtiyoq degani emas. Investor founderning tez harakat qilishi, halol bo‘lishi, muammoni chuqur tushunishi va real yechim qurishga qanchalik obsess bo‘lganiga qaraydi.
Suhbat davomida yana bir muhim fikr aytildi: chiroyli pitch deck yetarli emas. Investorlar mukammal dizayn yoki katta gaplardan ko‘ra, founderning haqiqiy motivatsiyasi, bozorga qarashi va muammoni hal qilish qobiliyatini ko‘proq baholaydi.
Audun shuningdek, investorlar uchun eng katta red flaglardan biri - yolg‘on raqamlar va fake traction ekanini ham ta’kidladi. Uning fikricha, founder investor, mentor va jamoa oldida halol bo‘lishi kerak.
Bu suhbat O‘zbekiston va Markaziy Osiyo founderlari uchun ayniqsa foydali: unda Techstars accelerator modeli, VC pulning mas’uliyati, AI davrida solo founderlar va global startap qurish imkoniyatlari haqida amaliy fikrlar bor.
To‘liq suhbatni YouTube’da tomosha qiling - founderlar uchun juda ko‘p real insight bor.
YouTube'da ko‘rish