Yangiliklar

31-mart, 2026

Meta’dan YC’gacha: Sardor Rahmatulloyevning startup yo‘li

Founders Cafe’ning bu galgi mehmoni - Sardor Rahmatulloyev, Samarqandda tug‘ilgan, keyinchalik AQSHga ko‘chib ketgan va yaqinda Y Combinator’ga qabul qilingan o‘zbek founder. Suhbat davomida u o‘z yo‘li, Silicon Valley muhiti va startup qurish jarayonidagi eng muhim saboqlar bilan bo‘lishdi. Sardor turli yo‘nalishlarda biznes qilib ko‘rganidan keyin o‘zining asosiy qiziqishi AI va robotics sohasida ekanini tushungan. Shu yo‘lda u Two Labs nomli startupini boshlagan. Startupning maqsadi - robotics kompaniyalari uchun data va modellarga oid infratuzilma yaratish, ya’ni kelajakdagi robotlar va physical AI rivojiga hissa qo‘shish. Dastlab ular data vendor sifatida ish boshlagan bo‘lsa, keyinchalik research lab yo‘nalishiga o‘ta boshlaganini ham aytadi. Suhbatning eng qiziq joylaridan biri - Sardorning Meta’dan chiqib, startup uchun tavakkal qilgani bo‘ldi. U San Franciscoga ko‘chib, qiyin moliyaviy davrni boshidan o‘tkazgan, hatto qancha oyi qolganini hisoblab yashaganini ham ochiq aytadi. Lekin aynan shu bosim va noaniqlik uni yanada aniqroq fikrlashga, kuchliroq fokus qilishga majbur qilgan. Sardorning fikricha, founder hamma narsani oldindan bilishi shart emas. Eng muhimi - tez o‘rganish, to‘g‘ri odamlar bilan gaplashish va mahsulot bilan founder o‘rtasida tabiiy moslik bo‘lishi. U YC’ga kirishda ham aynan shu narsa muhim bo‘lganini ta’kidlaydi: ambition, focus va founder-product fit. Yana bir kuchli nuqta - fokus masalasi. Sardor bir muddat Instagram’ni o‘chirib, deyarli barcha distractionlardan voz kechganini aytadi. Uningcha, startupning ilk bosqichida vaqt va e’tibor eng qimmat resurs hisoblanadi. Bu suhbat faqat YC yoki Silicon Valley haqida emas. Bu - katta orzu, tavakkal, intizom va o‘z yo‘lini topish haqida. Sardor Rahmatulloyevning hikoyasi shuni ko‘rsatadiki, ba’zan eng katta imkoniyatlar aynan eng noaniq davrda paydo bo‘ladi.
YouTube'da ko‘rish