45 kun — bu kurs emas. Har haftaning aniq maqsadi bor, va juma kuni u ko‘rsatiladi. Mana olti hafta, birma-bir.

Olti hafta
| Hafta | Nomi | Juma kuni ko‘rsatiladi |
|---|---|---|
| 1 | Nima quryapsiz | Bitta jumla: kim uchun, nima, nega siz |
| 2 | Birinchi versiya | Odam qo‘liga olib ko‘radigan narsa |
| 3 | Mijoz bilan yuzma-yuz | O‘nta suhbat |
| 4 | O‘sish | Birinchi to‘lovchi mijozlar |
| 5 | Kompaniya | Ulush, hujjat, hisob |
| 6 | Sahna | Uch daqiqalik hikoya |
Hafta ichida nima bor
- Dushanba — trekker bilan raqamga qarash
- Chorshanba — mentor bilan bir soat
- Juma — natija, butun kohort oldida
Har hafta bitta maqsad. Juma kuni ko‘rsatadigan narsa bo‘lmasa — hafta bo‘lmagan.
Bu davrda siz nima olasiz
- $1000 stipendiya — 45 kun pul haqida emas, mahsulot haqida o‘ylaysiz
- Haftada bir mentor — o‘zi kompaniya qurgan odam bilan yakkama-yakka
- Demo Day — zalda chek yozadigan investorlar
- Hamjamiyat — 56 startap, dastur tugagach ham telefoningizda qoladi





Dastur kunlari Toshkentda o‘tadi. Masofadan qatnashish yo‘q — bir xonada bo‘lish dasturning bir qismi.
Batafsil — dastur haqida.

