Tadbirlar
Open Talk’da g‘oyangizni ochiq muhokama qilasiz, Buildathon’da qisqa muddatda MVP qurasiz, Demo Day’da 2-batch startaplari investorlar oldida chiqish qiladi.
Qanday ishlaydi
- 01
Sanani tanlang
Formatni oching, kalendardan sessiyani tanlang.
- 02
Ma’lumot yuboring
Akkauntingiz bilan kiring va bir necha savolga javob bering.
- 03
Natija emailga keladi
Jamoa arizalarni o‘qib tanlaydi. Holat kabinetingizda ham ko‘rinadi.
- 04
Kodingiz bilan keling
Tanlansangiz, «Kelaman» deb tasdiqlang - kirish kodi chipta sahifasida.
Savol-javob
Javob topilmasa - Telegramda yozing - Open Talk va Buildathon bepul. Demo Day chipta bilan: 1 kishi 300 000 so‘m, 1+1 (2 kishi) 450 000 so‘m.
- Startap qurayotgan yoki qurmoqchi bo‘lgan har kim - talaba, dasturchi, dizayner, asoschi. Open Talk’ga g‘oyangizni taqdim etish yoki tinglash uchun, Buildathon’ga mahsulot qurish uchun kelasiz.
- O‘rinlar cheklangan, shuning uchun jamoa har bir arizani o‘qib tanlaydi. Natija emailingizga keladi va shaxsiy sahifangizda ham ko‘rinadi.
- Xatdagi tugma chipta sahifangizni ochadi - u yerda «Kelaman» deb tasdiqlaysiz. Kirish kodi, manzil va ishtirokchilar uchun ma’lumot ham o‘sha yerda. Tasdiqlanmagan o‘rinlar zaxiradagilarga berilishi mumkin.
- Ha, yakka ham, jamoa bilan ham kelish mumkin. Jamoaning har bir a’zosi o‘zi alohida ro‘yxatdan o‘tadi va formada jamoa nomini yozadi.
- Buildathon’ga - noutbuk va quvvatlagich. Open Talk’da taqdimot qilsangiz, pitchingiz telefon yoki noutbukda tayyor bo‘lsin.
- Chipta sahifangizdagi «Kela olmayman» tugmasini bosing - o‘rningiz zaxiradagi kishiga o‘tadi.
