UzCombinator
UZ
EN

Tadbirlar

Open Talk’da g‘oyangizni ochiq muhokama qilasiz, Buildathon’da qisqa muddatda MVP qurasiz, Demo Day’da 2-batch startaplari investorlar oldida chiqish qiladi.

Qanday ishlaydi

  1. 01

    Sanani tanlang

    Formatni oching, kalendardan sessiyani tanlang.

  2. 02

    Ma’lumot yuboring

    Akkauntingiz bilan kiring va bir necha savolga javob bering.

  3. 03

    Natija emailga keladi

    Jamoa arizalarni o‘qib tanlaydi. Holat kabinetingizda ham ko‘rinadi.

  4. 04

    Kodingiz bilan keling

    Tanlansangiz, «Kelaman» deb tasdiqlang - kirish kodi chipta sahifasida.

  • Open Talk va Buildathon bepul. Demo Day chipta bilan: 1 kishi 300 000 so‘m, 1+1 (2 kishi) 450 000 so‘m.
  • Startap qurayotgan yoki qurmoqchi bo‘lgan har kim - talaba, dasturchi, dizayner, asoschi. Open Talk’ga g‘oyangizni taqdim etish yoki tinglash uchun, Buildathon’ga mahsulot qurish uchun kelasiz.
  • O‘rinlar cheklangan, shuning uchun jamoa har bir arizani o‘qib tanlaydi. Natija emailingizga keladi va shaxsiy sahifangizda ham ko‘rinadi.
  • Xatdagi tugma chipta sahifangizni ochadi - u yerda «Kelaman» deb tasdiqlaysiz. Kirish kodi, manzil va ishtirokchilar uchun ma’lumot ham o‘sha yerda. Tasdiqlanmagan o‘rinlar zaxiradagilarga berilishi mumkin.
  • Ha, yakka ham, jamoa bilan ham kelish mumkin. Jamoaning har bir a’zosi o‘zi alohida ro‘yxatdan o‘tadi va formada jamoa nomini yozadi.
  • Buildathon’ga - noutbuk va quvvatlagich. Open Talk’da taqdimot qilsangiz, pitchingiz telefon yoki noutbukda tayyor bo‘lsin.
  • Chipta sahifangizdagi «Kela olmayman» tugmasini bosing - o‘rningiz zaxiradagi kishiga o‘tadi.